Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Pekin–2008 Olimpiada o‘yinlarida olingan doping namunalarining qayta tekshiruvidan so‘ng musobaqada ishtirok etgan yana 16 nafar sportchining natijasini bekor qildi. Ular orasida 5 nafar qozog‘istonlik sportchi ham bor, deb xabar bermoqda “Sports.kz”.
Natijasi bekor qilingan 5 nafar qozog‘istonlik sportchilarning 4 nafari — Mariya Grabovetskaya (og‘ir atletika, bronza), Aset Mambetov (yunon-rum kurashi, bronza), Mayya Maneza (og‘ir atletika, bronza), Irina Nekrasova (og‘ir atletika, kumush) Pekin–2008 da sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan. Og‘ir atletikachi Vladimir Sedov esa -85 kilogramm vazn toifasida 4-o‘rinni egallagan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)