Rossiya prezidenti Vladimir Putin taniqli amerikalik aktyor, yaqin kunlarda Moskvaga kelishni rejalashtirayotgan Stiven Sigal bilan uchrashmaydi. Bu haqda, Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
3-noyabr kuni Putin aktyorga RF fuqaroligini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Sigal keyinroq unga Rossiya fuqaroligi berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Peskov Sigal Rossiyaga nisbatan iliq munosabatlari bilan mashhurligini va ko‘pdan buyon fuqarolik so‘rab kelganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)