Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston—Britaniya kengashining (O‘BSSK) 23-yig‘ilishi joriy yilning 17-noyabrida Toshkent Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
O‘BSSKning umumiy yig‘ilishi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiyev, hamda Buyuk Britaniya tomonidan kengash hamraisi Barbara Hey raisligida bo‘lib o‘tdi.
Umumiy majlis davomida tomonlar O‘zbekiston va Buyuk Britaniyada ijtimoiy-iqtisodiy sohaning rivojlanishi, O‘zbekistonning turli iqtisodiy sohalardagi potensial investitsion loyihalar va ushbu loyihalarda Britaniya korxonalarining ishtiroki kabi masalalar muhokama qilindi.
Britaniya tomonidan esa Buyuk Britaniyaning eksport-kredit agentligi ko‘magida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi, hamda Britaniya korxonalari O‘zbekiston bozorida taklif qilmoqchi bo‘lgan tovarlar va xizmatlar borasida taqdimotlar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi neft-gaz, energetika, konchilik, farmatsevtika, ta’lim va turizm kabi sohalarda ikki tomonlama savdoni rivojlantirish imkoniyatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, 20 dan ortiq Britaniya korxonasi vakillari O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sarmoyaviy potensiali va xususiylashtirish dasturi doirasidagi oxirgi o‘zgarishlar haqida xabardor qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)