SpaceX aerokosmik kompaniyasi butun Yer yuzini sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlash maqsadini o‘z oldiga qo‘ydi. Bu haqda, The International Business Times nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Buning uchun kompaniya Ku- va Ka-diapazonda signal uzatuvchi 4425 sun’iy yo‘ldoshni Yerning quyi orbitasiga olib chiqadi.
Loyihani boshlashga ruxsat olish uchun kompaniya 15-noyabr kuni aloqa bo‘yicha AQSh federal komissiyasiga ariza kiritdi.
Ayni paytda quyi orbitada 1418 boshqariluvchi va 2600 foydalanishdan chiqarilgan sun’iy yo‘ldoshlar mavjud. Shu tariqa, SpaceX rejalariga muvofiq, u uchirmoqchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlar soni shu paytgacha orbitaga chiqarilgan barcha sun’iy yo‘ldoshlardan ko‘proq bo‘ladi.
Izoh (0)