Meksikaning Oaxaka shtatida aniqlangan mitti salamandralar bir necha yil avval muzey kolleksiyalarini boyitgan edi. Jonzot namunalarini o‘rgangan olimlar ularning uchta yangi turini aniqladi, deb xabar bermoqda National Geographic.
Tadqiqot obyektiga aylangan salamandralar o‘pkasizlar (Plethodontidae) va mittilar (Thorius) oilasiga mansub. Ular XIX asrda topilgan bo‘lsa-da, yaxshi o‘rganilmagan.
Keyinchalik uzunligi 3 santimetrdan oshmaydigan Thorius oilasiga mansub salamandralar atrof muhitning kichik o‘zgarishlariga o‘ta zaif bo‘lgani uchun kamaya boshladi. Global issiqlik va inson tomonidan o‘rmonlarning yo‘q qilinishi ushbu toifadagi jonzotlarning butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostiga qo‘ydi.
Ushbu ma’lumotlar, DNK tahlili va boshqa tadqiqotlar asosida olimlar salamandralarning yangi uch turini aniqladi: Thorius pinicola (qarag‘ay daraxtida yashovchi mitti salamandra)ning uzunligi o‘rtacha 2,5 santimetrga teng. Thorius longicaudus (uzun dumli mitti salamandra)ning uzunligi ham 2,5 santimetr atrofida. Thorius oilasiga mansub eng yirik vakili 2,9 santimetrlik t.Tlaxiacus (mitti qahramon salamandra) ekani aniqlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)