Rossiya fuqarolari korrupsiyani mamlakatdagi eng jiddiy muammolar qatorida uchinchi o‘ringa qo‘yadi. Undan oldingi o‘rinlarda iqtisodiy ahvol va sog‘liqni saqlash tizimi muammolari turibdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Transparency International xalqaro aksilkorrupsiya harakati buyurtmasiga asosan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqda. Uning natijalari tashkilotning “Jahon korrupsiyasi barometri” tadqiqotida aks etdi.
Korrupsiyani rossiyaliklar ta’lim tizimi, ishsizlik va jinoyatchilikdan ko‘ra jiddiyroq muammo deb hisoblaydi. Respondentlarning 61 foizi iqtisodiyotni, 56 foizi sog‘liqni saqlash tizimini, 39 foizi esa korrupsiyani muammo deb hisoblaydi.
Rossiyaliklar eng ko‘p tibbiyotda (26 foiz), ta’lim tizimida (24 foiz), shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlariga ishi tushganida (26 foiz) korrupsiyaga duch keladi.
Izoh (0)