Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 8–16-noyabr kunlari og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra -62 kilogramm vazn toifasida umumiy 272 kilogramm natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lib, Osiyo chempioni nomiga loyiq deb topilgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Adhamjon Ergashev qit’a birinchiligining eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, Adhamjon Ergashev Malayziyaning Penang shahrida 20–25-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham oltin medalga sazovor bo‘lib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot uchun, Tokio shahrida o‘tkazilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 10 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida Eron va Yaponiyadan keyin 3-o‘rinni egalladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)