Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional futbolda imkon qadar ko‘proq qolishni, shu bilan birga kelajakda o‘zini boshqa sohalarda sinab ko‘rishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“41 yoshdan so‘ng nima bilan shug‘ullanaman? Balki yangi shartnoma imzolayman. Hech kim kelajagi haqida ishonch bilan aniq narsa ayta olmaydi. Hozir futbol o‘ynashni xohlayman va undan ketish uchun sabab ko‘rmayapman. Lekin bir necha yillardan so‘ng maydonga chiqa olmasligimga xalal beradigan sabab paydo bo‘lishi mumkin. Yakunda nima bo‘lishini bilmayman”, – dedi Ronaldu.
“60 yoshga qadar havaskor futbol o‘ynamasam kerak. Boshqa narsalar bilan shug‘ullanaman, axir futbol hayotimdagi yagona quvonch emas. Futbolni yaxshi ko‘raman, ammo qachondir yangi sohada o‘zimni sinab ko‘rishim kerak”, – deya qo‘shimcha qildi 31 yoshli futbolchi.“Real” Ronaldu bilan shartnomani 2021-yilgacha uzaytirdi
Nike kompaniyasi LeBron Jeyms va Maykl Jordandan keyin Krishtianu Ronaldu bilan ham umrbod shartnoma tuzdi
Izoh (0)