23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydagi xalqaro turnirni yakunladi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.
Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan jamoasi musobaqaning ilk turida Meksikaga qarshi saf tortib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2-turda mezbon Xitoy bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.
3-turga kelibgina O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi. 3:1 hisobida yakuniga yetgan o‘yinda Sardor Azimov, Abbos Otaxonov, Saidjamol Davlatjonov kabi futbolchilarning gollari Vyetnamni taslim qilish uchun yetarli bo‘ldi.
Meksika turnirni 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi. O‘zbekiston hisobida 4, Xitoy va Vyetnamda esa 2 tadan ochko mavjud.
Izoh (0)