Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiyadagi doping muammoni surishtirishi uchun Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ga 500 ming dollar ajratadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“XOQ Ijroqo‘mi WADA prezidenti Kreyg Ridining Rossiyadagi doping muammoni surishtirish uchun 500 ming dollar ajratish iltimosiga rozi bo‘ldi. Shartga ko‘ra, professor Maklaren ushbu masala yuzasidan Kanive va Osvald komissiyalari bilan faol ravishda hamkorlik qilishi kerak bo‘ladi”, – dedi XOQ bosh direktori Kristof de Kepper.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)