Britaniyalik muhandis Tal Goulsvorti og‘ir yurak xastaligiga uchraganidan so‘ng o‘ziga xos yo‘l bilan shifo topdi. Bu haqda TJournal yozmoqda.
Goulsvorti muhim hayotiy organini jarrohlarga ishonib topshirishdan qo‘rqib, mustaqil ravishda innovatsion implantantni loyihalashtirdi. O‘z yuragini modellashtirib, uning asosida 3D-printerda maket tayyorlagan muhandis shifo topdi. U anevrizmaning oldini olish maqsadida aorta uchun qoplama yaratdi.
Ta’kidlanishicha, erkak 12 yildan beri faol turmush tarzi kechiradi va yurak xastaligi uni bezovta qilmaydi.
Izoh (0)