Turkiyaning Istanbul shahrida mahalliy aholi va mehmonlar yoqimtoyiga aylangan Tombili laqabli mushuk yashardi. Shu yil 1-avgustida jonivor qazo qilgach shaharliklar unga yodgorlik o‘rnatish haqidagi iltimos bilan rasmiylarga murojaat etdi. Bu haqda National Geographic hikoya qilmoqda.
Shahar ma’muriyati qarorini kutib o‘tirmay, haykaltarosh Seval Shaxin mustaqil ravishda mazkur g‘oyani amalga oshirdi. Yodgorlik “o‘ychan mushuk” ko‘p vaqtini o‘tkazgan joyda, 4-oktabr — Jonivorlarni himoya qilish kuni o‘rnatildi.
Biroq yodgorlik bir oydan sal oshiq turdi, xolos. 8-noyabr, seshanba kuni Kadikey munitsipaliteti vakillari haykal yo‘qolganini tan oldi. Hodisa joyida kuzatuv kameralari yo‘q edi, shu sababli bronzadagi Tombilini topish ehtimoli kam.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)