Moskva shimolida noma’lum shaxslar qiymati 23 million rublga teng 13 tonna qizil ikrani o‘g‘irladi. Bu haqda 8-noyabr, seshanba kuni poytaxt politsiya boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Magistralnaya ko‘chasidagi o‘g‘rilik haqida politsiyaga o‘tgan chorshanba kuni tushki payt ma’lum qilingan. Politsiyachilar noma’lum shaxslar beton devordagi avvalroq ochilgan tuynuk orqali tijorat tashkiloti hududiga kirganini aniqladi. Ular qator turgan uchta konteynerdan teshik ochib, plastik idishlardagi jami 13 tonna qizil ikrani olib chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan “O‘g‘rilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Izoh (0)