Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi, futbolchilik faoliyatini yaqinda yakunlagan Miroslav Kloze milliy terma murabbiylik shtabiga qo‘shildi. Bu haqda, UEFA matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq Germaniya futbol ittifoqi 38 yoshli Kloze faoliyatini yakunlaganini va endilikda Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov va sport direktori Xans-Diter Flik bilan kelishgan holda individual dastur asosida murabbiylik tayyorgarligidan o‘tishini ma’lum qilgan edi.
Terma jamoa tarkibida Kloze 137 uchrashuv o‘tkazib, 2002-yilgi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2014-yilda esa jahon chempioni bo‘ldi. U Germaniya jamoasi tarkibidagi eng yaxshi to‘purardir (71 ta gol). 2014-yilgi jahon chempionati yakunlariga ko‘ra u jahon birinchiliklari tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga aylandi (16 ta gol).
Izoh (0)