Germaniya kansleri Angela Merkel Donald Trampni AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda, Deutsche Welle nashriga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Merkel xonim saylovoldi kurashi hamda u keltirib chiqargan qarama-qarshilik tugaganidan xursandligini aytib o‘tdi, shuningdek, Trampga yaqindan hamkorlik qilishni taklif etdi.
“Germaniya va AQShni umumiy qadriyatlar — demokratiya, erkinlik, inson huquqlari va qadr-qimmatiga hurmat birlashtirib turadi. AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Trampga shu qadriyatlar negizida yaqindan hamkorlik o‘rnatishni taklif qilaman”, — ma’lum qildi Merkel.
Izoh (0)