Isroil Suriyadan Golan tepaliklariga snaryad tushishiga javoban suriyaliklarning marralarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi tarqatgan kommyunikega tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
9-noyabr kuni Suriyadan uchirilgan snaryad Golan tepaliklarining shimoliy qismida portladi.
“Jabrlanganlar yo‘q, aftidan, gap Suriya ichidagi urushlar natijasida tasodifiy snaryadning kelib tushishi haqida ketmoqda”, — deyiladi armiya matbuot xizmati bayonotida.
Shunga qaramay, Isroil qo‘shinlari Suriyaga javob qaytarishga qaror qildi.
“Isroil mudofaa armiyasi Isroil suvereniteti va fuqarolar xavfsizligiga rahna solishlariga yo‘l qo‘ymaydi”, — ta’kidlanadi kommyunikeda.
Izoh (0)