AQSh prezidenti saylovi chog‘ida hamda Donald Trampning g‘alabasi ma’lum bo‘lganidan so‘ng narxi tusha boshlagan neft yana qimmatlasha boshladi. Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining bir barreli 0,41 dollarga yoki 0,89 foizga qimmatladi va endi 46,45 dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
WTI neftining dekabr fyucherslari narxi Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) 0,27 dollarga yoki 0,6 foizga oshib, barreliga 45,25 dollarni tashkil etmoqda.
Ilgarigi sessiyada Brent narxi 44,4 dollargacha, WTI narxi esa 43,07 dollargacha tushib ketgan edi.