Vyetnamda toshqinlar oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 6 nafari bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Bir necha kun davom etgan yog‘ingarchilikdan so‘ng suv daryo qirg‘oqlaridan toshib chiqdi. Tabiiy ofat oqibatida 12 ta provinsiya suv ostida qoldi.
200 ga yaqin uylar vayronalarga aylandi, yana 40 mingtasi butunlay yoki qisman suv ostida qoldi. Minglab odamlar evakuatsiya qilindi.
Vyetnam qishloq xo‘jaligining ma’lumotlariga ko‘ra, 40 mingdan ortiq chorva halok bo‘ldi.
Izoh (0)