Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida 280 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida zamonaviy qiyofa kasb etgan binoning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda onalik va bolalikni muhofaza qilish, maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Muassasadagi turli ertak qahramonlari tasvirlari aks etgan maxsus ayvonlar, mini-futbol, voleybol, basketbol maydonchalarida barcha qulaylik yaratilgan. Musiqa, rus va ingliz tillari to‘garaklari, sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalar zarur qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar, zamonaviy sport buyumlari bilan jihozlangan.
“Mirakonta’mirservis” qurilish korxonasi quruvchilari tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan muassasa turli qattiq va yumshoq jihozlar, o‘yinchoqlar va 12 turdagi o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.
Izoh (0)