6-noyabr kuni kunduzi va 7-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 6-noyabr kuni kunduzi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi shunday bo‘ldi: Nukusda +12 daraja, Urganchda +13 daraja, Andijonda +14 daraja, Samarqand, Namanganda +15 daraja, Guliston, Farg‘onada +16 daraja, Toshkentda +17 daraja, Navoiyda +18 daraja, Buxoro, Jizzax, Qarshida +19 daraja, Termizda +22 daraja iliq.
7-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past darajasi shunday bo‘ldi: Andijonda -1 daraja sovuq, Nukus, Urganch, Gulistonda 0 daraja, Farg‘onada +1 daraja, Namanganda +2 daraja, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Termizda +3 daraja, Jizzaxda +4 daraja, Navoiy, Qarshida +5 daraja iliq.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)