AQSh tarixidagi birinchi ayol bosh prokuror Jenet Reno 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Nabirasining xabar qilishicha, Reno xonim Parkinson hastaligidan aziyat chekkan bo‘lib, u vaqt o‘tishi bilan jiddiy oqibatlarga olib kelgan.
Oxirgi kunlarini ayol Mayamida, oila davrasida o‘tkazdi.
Reno xonim Bill Klinton prezidentligida, 1993–2011-yillarda bosh prokuror lavozimini egallab turgan. U birinchi bosh prokuror ayolgina bo‘lib qolmay, oxirgi yuz yil ichida ushbu lavozimda eng uzoq o‘tirgan odam bo‘ldi.
Izoh (0)