The Business Insider nashri jahonning eng bashang kiyinadigan erkaklari reytingini e’lon qildi. 16 kishidan iborat reytingga amerikalik aktyor Eddi Redmeyn boshchilik qilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Undan keyingi o‘rinlarni amerikalik dizayner va kinorejissor Tom Ford va britaniyalik aktyor Deniel Kreyg egalladi.
O‘nlikka aktyor Rami Malek, reper Kanye Uest, xonanda Garri Stayls va boshqalar kirdi. Nashr, shuningdek, Devid Bekxem, Kit Xarington, Laki Blyu Smit va boshqalarning didi yaxshi ekanligini qayd qilib o‘tdi
Izoh (0)