Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Legiya”ga qarshi (3:3) YChL 4-turi oldidan 2013-yili o‘zining goli tufayli uch oylik komadan chiqqan polshalik David Pavlachik bilan uchrashdi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
2013-yilda velosiped haydab ketayotgan 13 yoshli yigitchani avtomobil urib yuborgan va u shifoxonaga yotqizilgandi. David Pavlachik komaga tushganida, shifokorlar uning yaqinlariga unda qandaydir o‘zgarishni chaqira oladigan narsalarni eshittirishni tavsiya qildi.
Yigitning yaqinlari u Krishtianu Ronalduga muxlislik qilishini bilgan va portugaliyalik futbolchining ishtirokidagi o‘yinlarni eshittirishga qaror qilgandi. Ushbu metodika o‘z samarasini berdi – Ronaldu Shvetsiyaga qarshi JCh–2014 turniriga o‘tish o‘yinida gol kiritganida David komadan chiqdi.
31 yoshli futbolchi ushbu voqea haqida ancha avval xabar topgan va uni Madrid shahriga, YChL o‘yinlaridan birini tomosha qilishga taklif qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)