Iroq hukumat kuchlari Mosul bo‘ylab berilgan aviazarbalar davomida IShID terrorchilik guruhining yuzga yaqin jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Iroqning F-16 qiruvchi samolyotlari jangarilarning beshta pozitsiyasi bo‘yicha, jumladan, shahar markazidagi IShID shtablaridan biriga zarba bergan. Hukumat kuchlari sharqiy va janubiy yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli harakatlanmoqda.
Iroq armiyasi Mosul yaqinida 11 ta aholi punktini ozod qildi, shuningdek, sharqiy Kokjali tumanida to‘liq nazorat o‘rnatdi.
Mosulni ozod etish bo‘yicha yerdagi operatsiya 17-oktabr kuni tongda boshlangan edi. Unda Iroq hukumat kuchlaridan tashqari, kurd tuzilmalari, shuningdek, AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi ishtirok etmoqda.
31-oktabr kuni Iroq maxsus topshiriqli bo‘linmasi Mosulga sharqdan hujum qilishni boshladi, 1-noyabr kuni mamlakat harbiy xizmatchilari shimoliy yo‘nalishda harakatlana boshladi. Hukumat kuchlari shahar markazidaga qarab harakatlanishda davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)