Britaniyada istiqomat qiluvchi Lyudo laqabli, meyn-kun zotiga mansub mushuk dunyoning eng uzun mushugi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Lyudoning uzunligi 119 santimetrga teng. U 2013-yilda vafot etgan ilgarigi rekordchi — Styuart laqabli mushukdan 4 santimetrga qisqaroqdir.
Mushuk Britaniyaning Ueykfild shahrida istiqomat qiladi.
Izoh (0)