Futbol bo‘yicha Boliviya terma jamoasining Peru va Chiliga qarshi JCh–2018 turniriga saralash o‘yinlarida maydonga Paragvay termasida o‘ynagan 33 yoshli Nelson Kabrera tushgani uchun Boliviya futbol federatsiyasi 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyatlar bilan jazolandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
1-sentabr kuni Peruga qarshi o‘yinda Boliviya termasi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. 6-sentabr kuni Chili bilan o‘yinda Boliviya 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.
Bundan tashqari, Boliviya futbol federatsiyasi 12 ming Shveysariya franki miqdorida jarimaga tortildi.
Izoh (0)