Futbol bo‘yicha Chili chempionati doirasida “Universitad de Katolika” o‘z maydonida “Audaks Italyano” jamoasiga qarshi bahs olib borayotgan paytda mehmonlar hujumchisi Sebastyan Pol raqib jamoa muxlisinining boshini tepgani haqida xabar berilgandi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, “Universitad de Katolika”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng Sebastyan Pol hibsga olinib, politsiya mahkamasiga yetkazildi.
Sebastyan Poldan zarba qabul qilib olgan muxlis Kristobal Astorkuiza futbolchiga nisbatan shikoyat arizasi berishini ma’lum qildi. “U yuzimga tepdi. Sebastyan to‘siq ustiga chiqib, menga hujum qildi. Unga nisbatan rasmiy shikoyat arizasini beraman”, – dedi jabrdiyda.
Xabarda qayd etilishicha, Sebastyan Pol 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)