Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Turkiya parlamenti o‘lim jazosini qaytarish haqidagi masalani ko‘rib chiqishi lozim. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-oktabr, shanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan mitingda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Deputatlar mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi, degan umiddaman. Men esa ratifikatsiya qilishga tayyorman. Yevroittifoq tomonidan bildirilgan tanqidga e’tibor berish niyatim yo‘q. Men uchun ahamiyatlisi xalq fikridir”, — ta’kidladi Erdo‘g‘on.

Prezident hukumat yaqin orada qonun loyihasini parlamentga taqdim etishini bildirdi, biroq aniq muddatni aytib o‘tmadi.

Ma’lumot uchun, Turkiyada o‘lim jazosi 2004-yilda bekor qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi