BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyaning Aleppo shahrida joylashgan maktabning o‘qqa tutilishini keskin tanqid ostiga oldi. Uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlar bilan muloqotda bu kabi ataylab uyushtirilgan hujumlar harbiy jinoyat deb hisoblanishi mumkinligini ta’kidladi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bu jinoyatlar aybdorlari javobgarlikka tortilishi lozim. Bosh kotib Suriyadagi vaziyatni ko‘rib chiqishni Xalqaro jinoiy sudga topshirish haqidagi Xavfsizlik Kengashiga qaratilgan chaqirig‘ini takrorlaydi”, — dedi Dyujarrik.
Izoh (0)