Haqiqiy ayol har qanday ob-havoda zamonaviy ko‘rinishni istaydi. Afsuski, yilning sovuq kunlarida yengil ko‘ylak va ochiq rangdagi shimlarni chetga olib qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Biroq salqin ob-havo issiqqina sviter va paltolarga burkanish uchun ajoyib sababdir. Agar ko‘rinishingiz ajoyib ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, ishga borish, do‘konlar aylanish, hatto farzandingizni ortidan maktabga borish ham maroqli vaqt o‘tkazishga aylanadi.
Bunda bizning maslahatlarimiz sizga asqotadi deb umid qilamiz.
Oddiylik va qulaylik odatga aylansin. Sevimli djinsida ho‘l asfaltda tez harakatlana turib ular rasvo bo‘lmasligi uchun yengil qayirib qo‘yish mumkin. U bilan birga keng oversize (oversayz) sviter kiyish mumkin.
Oversize — bu yilgi kuzning eng zamonaviy tendensiyasi bo‘lib, bluzka, sviter yoki paltoni xuddi bir necha o‘lchamga kattadek qilib tanlashdan iborat.
Bunday keng liboslar sizga juda nafosatli ko‘rinish imkonini beradi va fransuz bashangligi obrazini yaratadi. Asosiy qoida — oversize liboslarning bir nechtasini uyg‘unlashtirmaslik, balki o‘zaro mos siymo yaratishdir.
Yoshingiz nechada ekani ahamiyatsiz, agar o‘zingizni qalban yosh his qilsangiz, bu mavsumda charm kurtka va platformadagi botilyonlarni o‘zingizda sinab ko‘ring.
Charm kurtkaning eng afzal jihati — uning universalligidir. Uni djinsi, keng yubkalar bilan bemalol kiya olasiz. Bu obrazga individuallikni joriy yilda urfda bo‘lgan keng soyabonli shlyapalar qo‘shishi mumkin.
Agar siz klassikani tanlasangiz, unga bir nechta yorqin chizgilar, masalan, charm bilaguzuk, yoki uzun arqonchali yirik kulon qo‘shishni tavsiya etamiz. Aynan ular haqiqiy uslubni ko‘rsatadi!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)