Malayziyaning Joxor-Baru shahridagi Sultanah Aminah Hospital shifoxonasida yong‘in kelib chiqishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Star Online xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yong‘in 25-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 atrofida kelib chiqdi.
Huquq-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi shifoxona bemorlari bo‘lgan. Bundan tashqari, qutqaruvchilar voqea joyidan 100 nafarga yaqin bemorni evakuatsiya qildi.
Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda shifoxonada 193 nafar xodim va 294 nafar bemor bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan.
Izoh (0)