“Real” jamoasining germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos klub bosh murabbiyi Zinedin Zidanning tovoni bilan bergan uzatmasidan so‘ng gol kiritdi. Mazkur holat yozib olingan video Twitter’dagi The UCL Zone sahifasida e’lon qilindi.
https://twitter.com/TheUCLZone/status/790219257657323520
44 yoshli fransiyalik mutaxassisning chiroyli uzatmasidan so‘ng Kroos chap burchakni nishonga oldi va to‘p darvoza to‘siniga tegib, uning ichidan joy oldi.
Ma’lumot uchun, bir necha kun avval 26 yoshli Kroos “Qirollik klubi” bilan 2022-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi va eng ko‘p maosh oluvchi germaniyalik futbolchiga aylandi.
Izoh (0)