AQShning Jorjiya shtatidagi Brukvud maktabi futbol jamoasi darvozaboni, 16 yoshli Ruben Nsemo koma holatidan chiqqach, ispancha so‘zlasha boshladi. Bu haqda Fox Sports xabar bermoqda.
O‘smir yigit ikki hafta avval o‘yin vaqtida jiddiy bosh jarohatini olgandi. Hushini yo‘qotgan Ruben nafas olishdan to‘xtadi va uch kun koma holatida bo‘ldi.
Futbolchi koma holatidan chiqqach, ingliz tilida so‘zlasha olmadi, ammo avval bilmagan ispan tilida gapirdi. Nsemoning fikricha, bunday malakani u do‘stlari yoki akasidan olgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etish kerakki, ingliz tilini yodga olgan 16 yoshli darvozabon ispan tilida ham so‘zlashda davom etmoqda.
Izoh (0)