Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon Chempionati KXDR termasining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Iordaniya mezbonlik qilgan mundial finalida KXDR Osiyo qit’asining boshqa bir vakili Yaponiya bilan to‘qnash keldi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa shimoliy koreyalik qizlar 5:4 hisobida ustun keldi.

KXDR guruh bosqichida Angliya, Braziliya va Nigeriyani ortda qoldirgan bo‘lsa, keyinroq Gana va Venesuela termalarini musobaqadan chiqarib yubordi.

2008-yildan buyon o‘tkazib kelinadigan o‘smir qizlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida faqatgina KXDRga ikki bor zafar quchish nasib qilgan. 2008-yilgi mundial finalida ular AQShni mag‘lub etgandi. Shuningdek, Janubiy Koreya, Fransiya va Yaponiyaning o‘smir qizlarida ham bittadan jahon kubogi bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi