Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suarez 2015–2016-yilgi mavsus Yevropa futbol chempionatlarining eng yaxshi to‘purari sifatida “Oltin butsa” mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda, klub matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mukofot mavsum yakunlariga ko‘ra Yevropa chempionatlarida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga beriladi. Laureatni aniqlash uchun maxsus koeffitsiyentlar qo‘llanadi, bunda turli Yevropa ligalarining darajasi hisobga olinadi.
“Men ‘Barselona’ga minnatdorlik bildirmoqchiman, u menga ushbu maqsadga erishishda yordam berdi, — dedi Suarez. — Mening jamoadoshlarim bunda muhim rol o‘ynadi. Faoliyatimni ‘Barselona’da yakunlayman degan umiddaman”.
O‘tgan mavsumda Suarez 40 to‘p kiritdi. Ispaniya chempionatida urilgan har bir gol 2 ochko keltiradi. Shu tariqa, urugvaylik hujumchi 80 ochko to‘plab, Yevropada birinchi natijani qayd qildi.
Izoh (0)