Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio irqiy kamsitish davridagi Amerikada qora tanlilar turmushiga bag‘ishlangan filmga prodyuserlik qiladi. Bu haqda, Deadline nashriga asoslanib, “Afisha Daily” xabar bermoqda.
Prodyuserlikni o‘z zimmasiga Paramount Pictures hamda Di Kaprioning kompaniyasi — Appian Way oladi. Loyiha hozircha muzokara bosqichida.
Film Bet Meysining “Truvayn” kitobi asosiga quriladi. Unda ikki albinos (teri pigmentlaridagi buzilish tufayli tananing oq bo‘lib qolish kasalligi) egizak — Jorj va Uilli Myuzlar haqida hikoya qilinadi. 1899-yilda ular o‘g‘irlab ketilib, bir muddatdan so‘ng sirkda namoyish etila boshlandi. Bolalarning onalari bilan aloqalari uzilib qoldi, lekin ular katta shuhratga erishdi. Ular butun dunyo bo‘ylab tomoshalar qo‘yib, axiyri o‘z onalari topdi. Bu 28 yillik ayriliqdan so‘ng ro‘y berdi.
Di Kaprio filmda rol ham ijro etishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)