Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik va hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarga bozor talablarini o‘rganish asosida o‘z mahsulot va xizmatlarini eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ishonchli hamkorlar topishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori J. Mustafoyev raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turi tobora ortayotgani, xususiy tadbirkorlik faoliyatini hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tufayli qulay ishbilarmonlik muhiti ta’minlanayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda jamg‘arma va uning Qozog‘istondagi hamkorlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi