Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Gaitida “Mettyu” dovulidan jabrlanganlarga qariyb 10 million dollar xayriya qiladi. Bu haqda Cubadebate portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
9 karra Olimpiada chempioni Karib dengizidagi mamlakatga tashrif buyurib, tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlarga o‘z fondi orqali 8 million 928 ming yevro (10 million dollar atrofida) xayriya qilishini ma’lum qildi.
Gaitida “Mettyu” dovuli qurbonlari soni 1000 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi. 3 mingdan ortiq uylar vayron bo‘ldi, 15 ming kishi boshpanasiz qoldi.
Izoh (0)