Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ochaning bayonotiga ko‘ra, marhum qirolning vorisi kim bo‘lishi parlamentning maxsus majlisida e’lon qilinadi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, qirol Pxumipon Adulyadet 88 yoshida olamdan o‘tdi. U 1972-yili o‘zining valiahdi etib shahzoda Maxa Vachiralongkornni tayinlagan edi. Mamlakat qonunchiligiga muvofiq, qirolning o‘limidan so‘ng parlamentning favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilib, uning yakunlariga ko‘ra valiahd taxtga chorlanishi lozim edi. Ammo parlament majlisidan so‘ng Maxa Vachiralongkorn taxtga chorlanmadi. Bosh vazirning aytishicha, shahzodaning o‘zi ushbu rasmiyatchilikni o‘tkazishga shoshilmay, “millat bilan birgalikda qayg‘uga cho‘mish” imkonini berishni so‘ragan.
Endilikda voris nomi parlamentning maxsus yig‘ilishida oshkor etiladigan bo‘ldi. Bu voris Maxa Vachiralongkorn bo‘lishi kutilmoqda.
Vorislik navbatida ikkinchi o‘rin malika Maxa Chakri Siridonga tegishli.
Izoh (0)