30 yil muqaddam Xitoyda eng ommabop transport vositasi velosiped hisoblanardi, ammo shaharlarning kengayishi va aholi farovonligining oshishi bilan ularning o‘rnini mashinalar egalladi, bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni — tirbandliklar va smogni keltirib chiqardi. Oxirgi paytlarda xitoyliklar yana velosipedlarga qaytmoqda, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Bloomberg ma’lumotlariga qaraganda, oxirgi bir necha hafta ichida Xitoyning ikkita eng yirik velosipedlardan foydalanish servisi 200 million dollar miqdoridagi mablag‘larni jalb eta oldi.
Xususan, ikki yil muqaddam tashkil etilgan ofo mobil dasturi Xitoy taksi bozori yetakchisi Didi’dan 100 million dollar olib, shundan so‘ng 500 million dollarga baholandi. Kompaniya 70 ming velosipedga ega bo‘lib, ularda xitoyliklar kuniga o‘rtacha 500 ming marta uchadi.
Jamoat transporti tizimini, shuningdek, veloprokatni rivojlantirish yo‘li bilan Xitoy rasmiylari ko‘chalardagi tirbandlik muammosini hal qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)