Samsung Electronics Galaxy Note 7 smartfonlarining sotilishi to‘xtatilishi munosabati bilan uchinchi chorak yakunlari qayta ko‘rib chiqilganini xabar qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kompaniya umumiy sotuvlar hajmi 47 trillion vonani (41,5 milliard dollar) tashkil etishini kutmoqda. Birlashgan operatsion daromad 5,2 trillion vona (4,6 milliard dollar) atrofida bo‘ladi. Ko‘rsatkichlarning pasayishiga Galaxy Note 7 smartfonining muvaffaqiyatsizligi va sotuvdan chiqarilishi sabab bo‘ldi.
Smartfonlar 7-avgustdan Janubiy Koreya bozorida chiqa boshlagan edi, ammo sentabrga kelib 2,5 million smartfon xaridorlardan qaytarib olindi. Bunga uskuna batareyasi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi.
11-oktabr kuni Galaxy Note 7 ishlab chiqarish to‘xtatilgani e’lon qilindi.
Izoh (0)