Hindiston armiyasi uch kun muqaddam Jammu va Kashmir shtati ma’muriy markazi — Srinagar shahridan 15 kilometr naridagi tadbirkorlikni rivojlantirish davlat institutini garovga olgan ikki jangarini yo‘q qilish operatsiyasini yakunladi. Bu haqda, NDTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jangarilardan biri 11-oktabr kuni o‘ldirilgan edi. To‘qnashuvlarda bir nafar harbiy xizmatchi yaralandi.
Dastavval binoda uch jangari borligi taxmin qilinayotgan edi, ammo endilikda ularning soni ikki nafar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)