Gretsiya rasmiylari 15-iyul kuni muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy isyondan so‘ng Turkiyadan qochib ketgan to‘rt nafar harbiy xizmatchiga boshpana taqdim etmaslikka qaror qildi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ushbu mamlakatga qochib kelgan sakkiz harbiy xizmatchining yetti nafariga rad javobi berildi, bir nafari qabul qilinadigan qarorni kutib turibdi.
Izoh (0)