Rossiyaning Dog‘iston respublikasi, Karabudaxkent tumanida jinoiy guruh rahbari Abubakar Udziyev yo‘q qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiya milliy aksilterror qo‘mitasining ma’lum qilishicha, tumandagi Gubden qishlog‘ida qidiruvdagi jinoyatchi o‘rnashgani haqidagi xabarlarni tekshirish uchun voqea joyiga yuborilgan guruh shu yerdagi uylardan biridan o‘qqa tutildi. Maxsus mo‘ljal qismlari javob tariqasida o‘t ochdi. Jinoyatchi qurolini tashlab, taslim bo‘lishdan bosh tortdi va otishma chog‘ida halok bo‘ldi. U bilan birga yana ikki jangari yo‘q qilindi.
Udziyev harbiy xizmatchilarning va tinch aholi vakillarining o‘ldirilishida ayblanmoqda.
Izoh (0)