Turkiyaning “Galatasaroy” klubi futbolchisi Mustafa Qapi kattalar jamoasi tarkibidagi debyutini 14 yoshda o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
8-oktabr, shanba kuni jamoa Bolgariyaning “Levski” jamoasiga qarshi uchrashuv o‘tkazdi. 89-daqiqada maydonga tushgan Qapi “Gatalasaroy” tarixida asosiy tarkibda o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.
Uchrashuv 2:0 hisobida turkiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Futbol tarixida asosiy jamoa tarkibida maydonga tushgan eng yosh futbolchi boliviyalik Maurisio Baldiyevyeso hisoblanadi — 2009-yili u Boliviya oliy divizionining “Avrora” jamoasi tarkibida uchrashuv o‘tkazgandi. O‘shanda u 12 yoshda edi.
Izoh (0)