Pokistonning Belujiston viloyatida 7-oktabr, juma kuni poyezd ichida bomba portlashi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 16 nafari jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Portlash Belujiston viloyati poytaxti Kvetta shahridan 65 kilometr janubi-sharqda joylashgan Maxa shahri yaqinida sodir bo‘ldi.
Hozircha mahalliy jangarilar guruhidan hech biri portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh (0)