Moskva shahridagi “Vnukovo” aeroportida samolyotga kechikkan yo‘lovchi bomba haqidagi xabardan so‘ng qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Bugun ertalab Moskva—Minsk reysi yo‘lovchilaridan biri aeroportda aviakompaniya xodimlaridan reysni ushlab turish mumkin-mumkinmasligi haqida so‘radi. Samolyot havoga ko‘tarilib bo‘lgani uchun erkak salbiy javob oldi”, – deya ma’lum qildi “Interfaks” suhbatdoshi.
Shundan so‘ng 40 yoshli erkak samolyotga bomba qo‘yilganini aytdi.
“Fuqaroning so‘zlari yaqqol yolg‘on ekanini inobatga olgan holda, samolyotni ortga qaytarmaslikka qaror qilindi. Yo‘lovchi navbatchilik qismiga yetkazildi. U terrorchilik harakati haqidagi yolg‘on xabar tarqatgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin”, – dedi politsiya vakili.
Izoh (0)