“Do‘stlik–2016” mashg‘ulotining yakunlanayotgan bosqichi ishtirokchilari Pokiston aviatsiyasi yordamida shartli jangarilar bazasini shturm bilan qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichi Pokistonning Cherat harbiy poligonida bo‘lib o‘tdi. Uning davomida ikki mamlakatning 200 harbiy xizmatchisi shartli qurolli guruh bazasini qo‘lga olib, yo‘q qildi.
Harbiylar Pokistonning JF-17 qiruvchilari va “Kobra” vertolyotlari ko‘magida Mi-17 vertolyotlaridan tashlangani aytilmoqda.
Manyovrlar 10-oktabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)