Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasida muqaddam to‘p surgan sobiq himoyachi Marselo Pletsh giyohvand moddalar bilan bog‘liq jiddiy ishga aralashib qolgani bois 15 yilga qamalish xavfiga ro‘baro‘ keldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Pletsh 10–15 yillar muqaddam jamoa tarkibida 120 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan edi. Yevropaning boshqa bir qator jamoalarida to‘p surgan sobiq futbolchi hozirda Braziliyaning Toledo shahrida istiqomat qilmoqda.
Shu kunlarda u narkobiznes bilan shug‘ullanishda ayblanmoqda. Unga tegishli yuk mashinasidan 793 kilogramm marixuana topildi.
Pletshning o‘zi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan buyon fermerlik bilan shug‘ullanib kelayotganini ma’lum qilmoqda.
U 5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin.
Izoh (0)