Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi 2016-yilning 4-noyabrida kuchga kiradi. Bu haqda 5-oktabr, chorshanba kuni BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq hujjatni zarur miqdordagi davlatlar ratifikatsiya qilganligi ma’lum bo‘lgan edi.
“Mamnuniyat bilan ma’lum qilamanki, Parij kelishuvi bugun oxirgi zaruriy ostonadan (qatnashchilar soni) o‘tib, 2016-yilning 4-noyabr kuni kuchga kiradi”, — deyiladi bosh kotibning yozma bayonotida.
Pan Gi Mun barcha davlatlar hukumatlarini Parij kelishuvini to‘liq amalga oshirishga chaqirdi.
Mazkur hujjat 2015-yilning 12-dekabrida Parijdagi konferensiya yakunlari bo‘yicha qabul qilingan edi.
Izoh (0)